O'zbekiston

Bayram kunlari qo‘shimcha avtobus, elektropoyezd va aviareyslar tashkil etiladi

Xususan, elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari bayramdan ikki kun oldin ishga tushirilib, bayramdan keyingi ikki kun davomida ham saqlab qolinadi.

Bayram kunlari qo‘shimcha avtobus, elektropoyezd va aviareyslar tashkil etiladi

 

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram kunlarida aholining mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi uchun qo‘shimcha transport imkoniyatlari yaratiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Bayram kunlarida ichki turizmni rag‘batlantirish, aholining turistik hududlarga borib-kelishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida temir yo‘l, avtomobil va havo transporti yo‘nalishlarida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.

 

Temir yo‘l transportida “Toshkent–Xiva–Toshkent”, “Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent”, “Toshkent–Shovot–Toshkent”, “Toshkent–Termiz–Toshkent” hamda “Toshkent–Sariosiyo–Toshkent” yo‘nalishlaridagi poyezdlarga 4 tagacha qo‘shimcha vagon ulanadi.

 

Shuningdek, “Toshkent–Samarqand–Toshkent”, “Toshkent–Buxoro–Toshkent” va “Toshkent–Urganch–Toshkent” yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Ular bayramdan ikki kun oldin ishga tushirilib, bayramdan keyingi ikki kun davomida ham qatnovlar saqlab qolinadi.

 

Avtomobil transportida esa viloyatlararo barcha yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi. Jumladan, Toshkent–Janubiy temir yo‘l vokzali hududida viloyatlararo avtobuslar uchun zaxira to‘xtash joyi ajratiladi. Bayramdan kamida 3 kun oldin “Toshkent–Samarqand–Buxoro–Urganch–Nukus” yo‘nalishlaridagi avtobuslar ushbu hududga joylashtiriladi.

 

Havo transportida ham turistik yo‘nalishlarga qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi. Bayramdan kamida ikki kun oldin “Toshkent–Urganch”, “Toshkent–Nukus”, “Toshkent–Buxoro” va “Toshkent–Termiz” yo‘nalishlarida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur choralar bayram kunlarida aholining O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ichki turizmni rivojlantirish hamda tarixiy, madaniy va tabiiy turistik maskanlarga tashriflar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

custom img

Prezident Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

custom img

Ajdodlarimiz jasorati xalqimiz uchun hamisha ma’naviy kuch manbai — Shavkat Mirziyoyev

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltin ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarga yetdi

2026-yil yanvar-iyul oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.

custom img

Bugun 7 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatiladi

Ayrim hududlarida shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi beshligiga kirdi

Reytingda mamlakatning tarixiy merosi, tabiati va turizm imkoniyatlari yuqori baholangan.

custom img

Hindiston O‘zbekistonga 500 ming dollarlik tibbiy uskunalar berdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi Hindistonning beg‘araz yordami doirasida 70 ta zamonaviy tibbiy uskuna, jumladan, reanimobil va diagnostika qurilmalari bilan jihozlandi.

custom img

Prezident ishtirokidagi Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bugun o‘tkaziladi

Unda Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"