O'zbekiston

Bayram kunlari shifoxonalar va “103” xizmati uzluksiz ishlaydi — SSV

Shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tug‘ruq va bolalar muassasalari navbatchilik asosida faoliyat yuritadi.

Bayram kunlari shifoxonalar va “103” xizmati uzluksiz ishlaydi — SSV

 

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 29-avgust – 1-sentabr kunlari mamlakatimizda tibbiy xizmatlar uzluksiz tashkil etiladi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligida bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida alohida shtab tashkil etildi.

 

Mazkur kunlarda tuman va shahar, viloyat hamda respublika miqyosidagi shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari hamda 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida navbatchilik asosida tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

 

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning 13 ta hududiy filiali, shuningdek, qariyb 200 ta shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida navbatchi shifokor va hamshiralar 24 soat davomida faoliyat yuritadi.

 

29-avgust – 1-sentabr sanalarida “103” tez tibbiy yordam xizmati ham bayram kunlarida odatiy tartibda ishlaydi. Tizimning 14 ta hududiy filiali, 189 ta stansiyasi, 40 ta podstansiyasi va 1 492 ta tayanch punktida 2 900 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi chaqiruvlarga doimiy shay holatda bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, mamlakatdagi barcha tug‘ruq va bolalar davolash muassasalari ham bayram kunlari uzluksiz faoliyat yuritadi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"