O'zbekiston

“Bir dona ham elektron doska sotib olinmagan” — parlamentda maktablarni jihozlash jarayoni tanqid qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xaridlar tender asosida amalga oshirilishini va jihozlar oktyabr oxirigacha yetkazilishini bildirdi.

“Bir dona ham elektron doska sotib olinmagan” — parlamentda maktablarni jihozlash jarayoni tanqid qilindi



O‘zbekistonda 2026 yil yakuniga qadar umumtaʼlim maktablarida yangi kompyuter sinflarini tashkil etish hamda elektron doskalar xarid qilish rejalashtirilgan. Mazkur maqsadlar uchun davlat byudjetidan jami 350 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.



25 avgust kuni parlament yig‘ilishida ushbu ishlarning bajarilish jarayoni muhokama qilindi. Deputat Zuhriddin Mavlonov maktablar uchun xarid qilinishi belgilangan jihozlar bo‘yicha ishlar kechikayotganini tanqid qildi.



Maʼlum qilinishicha, dastlab 1 mingta kompyuter sinfi tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, dastlabki ekspertiza xulosalari asosida bu ko‘rsatkich 1 350 ta kompyuter sinfi etib belgilangan.



Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimovaning bildirishicha, ayni paytda tegishli davlat xaridlari jarayoni davom etmoqda.



Shuningdek, 6 300 ta elektron doska xarid qilish bo‘yicha tender 12 iyul kuni eʼlon qilingan. G‘olib aniqlanmagani sababli tender 10 avgust kuni qayta eʼlon qilingan. G‘olibni aniqlash jarayoni 26 avgustga belgilangan.



Vazirning taʼkidlashicha, barcha xaridlar amalga oshirilgach, belgilangan jihozlar oktyabr oyi yakuniga qadar maktablarga to‘liq yetkazib beriladi.



Deputat esa mablag‘, masʼullar va bajarish muddati oldindan belgilanganiga qaramay, hozirgacha amaliy xaridlar amalga oshirilmaganiga eʼtibor qaratdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"