O'zbekiston

Bugun 7 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatiladi

Ayrim hududlarida shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Bugun 7 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatiladi


28-avgust kuni kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.



Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 20–22 m/s gacha yetishi, ayrim hududlarda esa kuchli shamol chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.



Toshkent shahrida ham shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq sentyabr oyidagi ob-havo haqida ham maʼlumot berilgandi. Unga ko‘ra, sentyabrda havo nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi, ayrim kunlarda harorat 37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Shu bilan birga, oyning ayrim davrlarida haroratning pasayishi ham kutilmoqda.

custom img

Ajdodlarimiz jasorati xalqimiz uchun hamisha ma’naviy kuch manbai — Shavkat Mirziyoyev

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Bayram kunlari qo‘shimcha avtobus, elektropoyezd va aviareyslar tashkil etiladi

Xususan, elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari bayramdan ikki kun oldin ishga tushirilib, bayramdan keyingi ikki kun davomida ham saqlab qolinadi.

custom img

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltin ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarga yetdi

2026-yil yanvar-iyul oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.

custom img

O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi beshligiga kirdi

Reytingda mamlakatning tarixiy merosi, tabiati va turizm imkoniyatlari yuqori baholangan.

custom img

Hindiston O‘zbekistonga 500 ming dollarlik tibbiy uskunalar berdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi Hindistonning beg‘araz yordami doirasida 70 ta zamonaviy tibbiy uskuna, jumladan, reanimobil va diagnostika qurilmalari bilan jihozlandi.

custom img

Prezident ishtirokidagi Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bugun o‘tkaziladi

Unda Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev xorijdagi fojialar munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Xitoy va Nepaldagi tabiiy ofatlar, shuningdek, Pokistondagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan marhumlarning yaqinlariga sabr-toqat, jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayishni tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"