O'zbekiston

Hindiston O‘zbekistonga 500 ming dollarlik tibbiy uskunalar berdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi Hindistonning beg‘araz yordami doirasida 70 ta zamonaviy tibbiy uskuna, jumladan, reanimobil va diagnostika qurilmalari bilan jihozlandi.

Hindiston O‘zbekistonga 500 ming dollarlik tibbiy uskunalar berdi

 

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi Hindiston hukumati tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim etilgan zamonaviy tibbiy texnika va uskunalar bilan jihozlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Tantanali ochilish marosimida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Farhodjon Shermatov, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant, harbiy xizmatchilar va faxriylar ishtirok etdi.

 

Tadbir doirasida Hindiston hukumati tomonidan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy gospitallari uchun taqdim etilgan zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari, ixtisoslashtirilgan reanimatsiya mashinasi hamda to‘rtta travma uskunalari to‘plami rasman topshirildi.

 

Poliklinikani modernizatsiya qilish doirasida umumiy qiymati 500 ming dollar bo‘lgan 70 ta zamonaviy tibbiy uskunaning 49 tasi ushbu muassasaga yetkazib berildi. Ular orasida raqamli rentgenografiya qurilmasi, Xolter monitoringi, sikloergometr, ultratovush apparati, zamonaviy stomatologik va fizioterapiya uskunalari mavjud.

 

Yangi tibbiy imkoniyatlar harbiy xizmatchilar, kursantlar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga xizmat qiladi. Reanimobilning foydalanishga topshirilishi esa shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

 

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi harbiy ta’lim va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Avvalroq Hindiston ko‘magida universitetda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik laboratoriya majmuasi tashkil etilgan. Shuningdek, hindistonlik mutaxassislar kursantlar va ofitserlarni tayyorlash jarayonida faol ishtirok etmoqda.

 

Marosimda Hindiston hukumatiga harbiy-tibbiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirildi. Mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda faol ishtirok etgan hindistonlik mutaxassislar Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Tadbir yakunida mehmonlar poliklinikada yaratilgan zamonaviy sharoitlar va yangi tibbiy imkoniyatlar bilan tanishdi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"