Jahon

Ispaniyada 3 ming yillik xazina to'rt daqiqada o'g'irlab ketildi

O‘g‘irlangan oltin buyumlarning qiymati kamida 1,7 million yevroga baholanmoqda.

Ispaniyada 3 ming yillik xazina to'rt daqiqada o'g'irlab ketildi

 

Ispaniyaning Alikante provinsiyasidagi Villena arxeologiya muzeyidan bronza davriga oid “Villena xazinasi”ning katta qismi o‘g‘irlab ketildi. Dastlabki baholarga ko‘ra, o‘g‘irlangan oltin buyumlarning qiymati kamida 1,7 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda El Pais xabar berdi.

 

Voqea payshanba kuni erta tongda sodir bo‘lgan. O‘g‘rilar jinoyatni to‘rt daqiqadan kamroq vaqt ichida amalga oshirgan.

 

“Villena xazinasi” miloddan avvalgi taxminan 1000-yillarga oid bo‘lib, 50 dan ortiq zargarlik buyumlari va oltin, kumush, temir hamda kehribardan tayyorlangan boshqa qadimiy artefaktlarni o‘z ichiga oladi. Xazina 1960-yillarda Villena shahri hududidan topilgan va shundan buyon mahalliy arxeologiya muzeyida saqlanib kelgan.

 

Mazkur kolleksiya Yevropadagi bronza davriga oid eng yirik oltin buyumlar to‘plamlaridan biri hisoblanadi.

 

Villena meri Fulgensio Serdan hodisadan qattiq iztirobda ekanini bildirib, xazina shahar aholisi uchun katta tarixiy va madaniy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar kolleksiyadagi deyarli barcha oltin buyumlarni olib ketgan. Biroq kumush idishlar, bilaguzuk va ayrim boshqa artefaktlar joyida qolgan. Keyinchalik muzeydan yana uchta oltin va kumush buyum ham yo‘qolgani aniqlangan.

 

Meri o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati kamida 1,7 million yevro deb baholanayotganini, bu faqat metallarning qiymati ekanini, artefaktlarning tarixiy va madaniy qiymati bundan ancha yuqori ekanini qayd etdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar o‘g‘irlikdan avval chalg‘ituvchi taktikadan foydalangan. Soat 05:16 da shahar chetidagi sport markazida signal ishga tushgan va huquq-tartibot xodimlari voqea joyiga yo‘l olgan. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, 05:20 da muzey signalizatsiyasi ishga tushgan. Politsiya soat 05:24 da yetib kelganida, jinoyatchilar allaqachon binoni tark etgan bo‘lgan.

 

Videokuzatuv kameralarida muzeyga ikki transport vositasida yaqinlashgan bir necha kishi qayd etilgan.

 

Hozirda Ispaniya huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘g‘irlik yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Reper Navai Qozog‘istonda ushlandi: u giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanmoqda

Reper Navai Qozog‘istonda ushlandi: u giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanmoqda

Uning avtomobilidan giyohvandlik vositasi topilgan, xonanda esa vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Yevropada energiya tanqisligi xavfi: Yevrokomissiya qish og‘ir kelishidan ogohlantirdi

Yevropada energiya tanqisligi xavfi: Yevrokomissiya qish og‘ir kelishidan ogohlantirdi

Yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar va energiya narxlarining oshishi Yevropada kelayotgan qish mavsumini murakkablashtirishi mumkin.

AQSH Grenlandiya resurslariga qiziqmoqda: Tramp neft va gaz loyihalarini ma’lum qildi

AQSH Grenlandiya resurslariga qiziqmoqda: Tramp neft va gaz loyihalarini ma’lum qildi

AQSH prezidenti orolda neft, gaz va foydali qazilmalarni keng ko‘lamda qidirish ishlari boshlanish arafasida ekanini aytdi, biroq loyihaning tafsilotlarini ochiqlamadi.

Rossiyada maktablarida yangi taklif: 10–11-sinflari pullik bo‘lishi mumkin

Rossiyada maktablarida yangi taklif: 10–11-sinflari pullik bo‘lishi mumkin

Tashabbus mualliflari tushgan mablag‘larni rossiyalik o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirmoqchi.

Ebola qurbonlari soni ortmoqda: o‘lim holatlari 4 381 taga yetdi

Ebola qurbonlari soni ortmoqda: o‘lim holatlari 4 381 taga yetdi

Kongoida 9 066 ta infeksiya holati qayd etildi.

24 soat ichida 104 ta zarba: husiylar Saudiya Arabistonini ayblamoqda

24 soat ichida 104 ta zarba: husiylar Saudiya Arabistonini ayblamoqda

Harbiy qo‘mondonlik vakili hujumlar oqibati tinch aholi halok bo'lganini bildirdi.

Eronga qarshi yangi hujum ehtimoli: Tramp va Netanyaxu bir necha bor muzokara o‘tkazgan

Eronga qarshi yangi hujum ehtimoli: Tramp va Netanyaxu bir necha bor muzokara o‘tkazgan

Tramp hozircha yakuniy qarorga kelmagan, uning maslahatchilarining aksariyati esa iqtisodiy bosimni davom ettirish tarafdori.

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya rasmiylari ikki yuk kemasiga dronlar bilan hujum qilinganini bildirdi. Rossiya elchisi izoh berish uchun chaqirtirildi.