O'zbekiston

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar sotuvga chiqarildi

Markaziy bank tomonidan chiqarilgan kolleksiya uchta tangadan iborat bo‘lib, ularning har biri 31,1 gramm og‘irlikda va 100 ming so‘m nominal qiymatga ega.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar sotuvga chiqarildi

 

O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan esdalik oltin va kumush tangalar kolleksiyasini sotuvga chiqardi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

 

Uchta tangadan iborat kolleksiya O‘zbekistonning milliy davlatchiligi, tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va zamonaviy taraqqiyot g‘oyalarini yagona badiiy konsepsiyada aks ettirgan.

 

Kolleksiyaning birinchi tangasida Mustaqillik monumenti, ikkinchisida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, uchinchi tangasida esa mustaqillikning 35 yilligini ifodalovchi “35” raqami tasvirlangan.

 

Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, har birining og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati 100 ming so‘mni tashkil etadi. Ular uch donalik kolleksiya shaklida yoki alohida holda sotiladi.

 

Oltin tangalarning dastlabki tiraji 450 dona, kumush tangalarniki esa 800 dona etib belgilangan. Zaruratga ko‘ra, tangalar tiraji oshirilishi mumkin.

 

Esdalik tangalari 27-avgustdan boshlab tijorat banklari filiallarida sotuvga chiqarilgan. Ularning sotuv narxlari hamda mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilib boriladi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"