Jahon

Nepal va Xitoy chegarasidagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 600 nafarga yaqinlashdi

Minglab odamlar bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv ishlari hududdagi xavf kamayganidan so‘ng qayta boshlandi.

Nepal va Xitoy chegarasidagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 600 nafarga yaqinlashdi

Nepal va Xitoy chegarasida qisqa vaqtga to‘xtatilgan qutqaruv operatsiyalari qayta boshlandi. Hududda ko‘lning toshib ketishi bilan bog‘liq xavf kamaydi.

 

Reuters xabariga ko‘ra, muzlik qulashi natijasida yuzaga kelgan kuchli oqim Nepalda 579 kishining, Xitoyning Tibet hududida esa 5 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Nepalda 1 924 kishi, Tibetning Jiro‘ng okrugida esa 558 kishi bedarak yo‘qolgan. Ularning 260 nafari xorij fuqarolari.

 

Qizil Xoch tabiiy ofatdan 90 mingdan ortiq kishi zarar ko‘rganini bildirdi.

 

Toshqin oqibatida hosil bo‘lgan ko‘l Lende Hola va Trishuli daryolariga tosha boshlagach, Nepalda qutqaruv ishlari qariyb uch soatga to‘xtatilgan. Xavf kamaygach, operatsiyalar qayta tiklangan. Biroq rasmiylar hududdagi ikkita to‘siq ko‘li to‘liq qurimaguncha toshqin xavfi saqlanib qolishidan ogohlantirmoqda.

 

Shuningdek, Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida Nepal tomondan oqib keladigan daryolardan 10 kishining jasadi topilgan.

 

Bir qator davlatlar Nepalga qidiruv-qutqaruv yordamini taklif qilgan bo‘lsa-da, mamlakat hukumati hozircha xorijiy guruhlar yordamiga ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilgan. Hindiston, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Shri-Lanka va Bangladesh o‘z qutqaruv guruhlarini yuborishga tayyorligini bildirgan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.