O'zbekiston

Ozarbayjon Turizm byurosi Toshkentda mamlakatning turizm salohiyatini taqdim etdi

2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistondan Ozarbayjonga 42 388 nafar sayohatchi tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,2 foizga ko‘p.

Ozarbayjon Turizm byurosi Toshkentda mamlakatning turizm salohiyatini taqdim etdi

 

Toshkent shahrida Ozarbayjon Turizm byurosi tomonidan Ozarbayjonning turistik imkoniyatlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

 

Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon turizm industriyasining vakillari, jumladan, sayyohlik agentliklari va turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar hamda turistik kompaniyalar vakillari, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etdi.

 

Tadbirda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Mahir Jafarov hamda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli ham qatnashdi.

 

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston turizm hamjamiyati bilan hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakat sohasi vakillari o‘rtasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda Ozarbayjonni o‘zbekistonlik sayyohlar uchun yil davomida jozibador turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

 

Taqdimot davomida ishtirokchilarga Ozarbayjonning madaniy-ma’rifiy va gastronomik turizmi, plyaj va sog‘lomlashtirish maskanlari, faol dam olish imkoniyatlari, tog‘-chang‘i kurortlari, oilaviy hamda ishbilarmonlik turizmi yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, mamlakatning turistik mahsulotlari xilma-xilligiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Boku shahri, Kavkazning tabiiy yo‘nalishlari, Naftalanning sog‘lomlashtirish imkoniyatlari va Shahdag‘ tog‘-chang‘i kurorti sayyohlar uchun asosiy takliflar qatorida qayd etildi.

 

Taqdimotdan so‘ng O‘zbekiston va Ozarbayjon turizm sohasi vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda tomonlar turistik mahsulotlar, hamkorlik imkoniyatlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistondan Ozarbayjonga 42 388 nafar sayohatchi tashrif buyurgan. Bu 2025-yilning shu davridagi 30 233 ta tashrifga nisbatan 40,2 foizga ko‘p.

 

Ikki davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ham sayyohlik oqimining oshishiga xizmat qilmoqda. Azerbaijan Airlines Boku–Toshkent yo‘nalishida haftasiga 7 ta, Boku–Samarqand yo‘nalishida esa 2 ta reysni amalga oshiradi. Uzbekistan Airways Boku–Toshkent yo‘nalishida haftasiga 4 ta, Centrum Air esa 3 ta reysni yo‘lga qo‘ygan.

 

Shuningdek, Toshkentni Ozarbayjonning Ganja shahri bilan bog‘lovchi charter reyslari ham amalga oshirilmoqda.

 

Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda izchil kengayib bormoqda. Tomonlar B2B tadbirlari, tanishtiruv safarlari, turizm ko‘rgazmalari va qo‘shma marketing loyihalari orqali o‘zaro sayyohlik oqimini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda.

 

Bunday hamkorlikning namunalaridan biri Ozarbayjon Turizm byurosi va O‘zbekiston Milliy PR-markazining ikki mamlakatning madaniy, tarixiy va tabiiy merosini Yevropa bozorlarida targ‘ib qilishga qaratilgan “Highlights of the Silk Road” qo‘shma loyihasi bo‘ldi. Loyiha Ozarbayjon va O‘zbekiston turizm biznesi vakillarini, jumladan, ikki mamlakatning milliy aviatsiya tashuvchilarini birlashtirdi.

 

Toshkentdagi tadbir Ozarbayjon Turizm byurosining O‘zbekiston bozoridagi faoliyatining navbatdagi amaliy namunasi bo‘lib, ikki mamlakat turizm industriyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"