O'zbekiston

O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi beshligiga kirdi

Reytingda mamlakatning tarixiy merosi, tabiati va turizm imkoniyatlari yuqori baholangan.

O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi beshligiga kirdi

 

Nufuzli xalqaro sayyohlik platformasi “Much Better Adventures” tomonidan e’lon qilingan “Solo Travel Index 2026” reytingida O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi yo‘nalishlari beshligidan joy oldi.

 

Reytingni tuzishda sayohatchilarning taassurotlari, Global Peace Index, viza olish qulayligi, ovqatlanish xarajatlari, yo‘nalishlarning xilma-xilligi hamda piyoda sayohat qilish imkoniyatlari kabi bir qator mezonlar hisobga olingan.

 

Platforma O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li merosi, boy tarixiy-madaniy salohiyati, tabiiy landshaftlari va rivojlangan turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy ustunliklari sifatida qayd etgan.

 

Xususan, sayyohlarga Nurota tog‘laridagi qadimiy so‘qmoqlar bo‘ylab sayohat qilish, mahalliy qishloqlar hayoti bilan tanishish, an’anaviy o‘tovlarda tunash hamda Qizilqum orqali Oydarko‘lga borish kabi imkoniyatlar tavsiya etilgan.

 

Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy shaharlar Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida shakllangan noyob tarixiy va madaniy merosni namoyon etuvchi muhim sayyohlik maskanlari sifatida e’tirof etilgan.

 

Mazkur xalqaro reyting O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi mavqei tobora mustahkamlanayotganini, mamlakat tarixiy meros, tabiat va zamonaviy turizm imkoniyatlarini uyg‘unlashtirgan istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.

custom img

Ajdodlarimiz jasorati xalqimiz uchun hamisha ma’naviy kuch manbai — Shavkat Mirziyoyev

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Bayram kunlari qo‘shimcha avtobus, elektropoyezd va aviareyslar tashkil etiladi

Xususan, elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari bayramdan ikki kun oldin ishga tushirilib, bayramdan keyingi ikki kun davomida ham saqlab qolinadi.

custom img

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltin ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarga yetdi

2026-yil yanvar-iyul oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.

custom img

Bugun 7 ta hududda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatiladi

Ayrim hududlarida shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

custom img

Hindiston O‘zbekistonga 500 ming dollarlik tibbiy uskunalar berdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi Hindistonning beg‘araz yordami doirasida 70 ta zamonaviy tibbiy uskuna, jumladan, reanimobil va diagnostika qurilmalari bilan jihozlandi.

custom img

Prezident ishtirokidagi Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bugun o‘tkaziladi

Unda Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev xorijdagi fojialar munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Xitoy va Nepaldagi tabiiy ofatlar, shuningdek, Pokistondagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan marhumlarning yaqinlariga sabr-toqat, jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayishni tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"