O'zbekiston

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltin ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bo‘lgan.

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltin ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi


 
Fitch Ratings O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltinning ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi ekanini ma’lum qilgan. Agentlikning 19-avgustdagi tahliliga ko‘ra, 2026-yil iyun oyi oxirida mamlakat xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri kelgan.


 
Qirg‘izistonda oltinning xalqaro zaxiralardagi ulushi 80 foizni tashkil qilgan. Shu tariqa O‘zbekiston va Qirg‘iziston zaxiralar tarkibida oltinga eng ko‘p tayanayotgan davlatlar qatoridan joy olgan.


 
Fitch ma’lumotlariga ko‘ra, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi zaxiralari so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshgan. Bunga oltin zaxiralarining ko‘payishi va jahon bozorida oltin narxining yuqorilashi asosiy omillardan biri bo‘lgan.


 
O‘zbekistonda oltin zaxiralari qiymati 2024–2026-yillarda qariyb ikki baravar oshgan. Fitch hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu o‘sishning 91 foizi oltin narxining oshishi hisobiga yuz bergan.


 
Oltin mamlakat eksportida ham muhim o‘rin tutadi. Fitch O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish 2024-yilda 129 tonnaga yetganini qayd etgan. Bu 2010-yildagi ko‘rsatkichdan 2,9 baravar ko‘p bo‘lgan. 2025-yilda esa ishlab chiqarish 3 foizga kamaygan.


 
Agentlik oltin narxining yuqoriligi O‘zbekistonning tashqi hisoblariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatganini bildirgan. Mamlakatning joriy hisob taqchilligi 2023-yildagi YaIMga nisbatan 7,3 foizdan 2025-yilda 3,9 foizgacha qisqargan. Fitch buni qisman oltin eksporti qiymatining 20 foizga oshgani bilan izohlagan.


 
Biroq Fitch xalqaro zaxiralarning katta qismi oltinga to‘planishi konsentratsiya xavfini oshirishini ham qayd etgan. Oltin narxining keskin pasayishi O‘zbekiston zaxiralarining qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


 
Shunga qaramay, Fitch oltin narxining pasayishi o‘z-o‘zidan O‘zbekistonning suveren kredit reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini kutmayotganini bildirgan.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"