Prezident ishtirokidagi Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bugun o‘tkaziladi
Unda Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

Bugun O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Kun davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun esa Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni ulug‘ ayyom bilan tabriklaydi.








