Prezident Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
Mustaqillik monumentida xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, buyuk allomalarimiz va jahongir ajdodlarimiz siymolari, shuningdek, yurtimiz taraqqiyotidagi muhim tarixiy voqealar o‘z ifodasini topgan.
Monument cho‘qqisida aks ettirilgan Humo qushi esa ozodlik va ezgulik g‘oyalari, xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ramzi sifatida gavdalanadi.
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.








