Jahon

Sietl 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

Qaror O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan bo‘lib, shaharda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi faoliyat yuritayotgani ham hujjatda alohida qayd etilgan.

Sietl 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi


 
AQSHning yirik iqtisodiy va texnologik markazlaridan biri bo‘lgan Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentabrni shaharda rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilgan. Tegishli qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan.


 
Sietl meri tomonidan imzolangan rasmiy proklamatsiyada O‘zbekiston 35 yil davomida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli transformatsiya yo‘lidan o‘tgani ta’kidlangan. Hujjatda O‘zbekistonning Sietlda Bosh konsulxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ygani ham qayd etilgan. Shu sababli Sietl O‘zbekistonning bevosita diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lgan AQSHning sanoqli shaharlaridan biriga aylangani ko‘rsatilgan.


 
Proklamatsiyada O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng ko‘p aholiga ega davlati va mintaqaning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biri sifatida qayd etilgan. Mamlakat ochiq bozorlar va xalqaro sheriklikni kengaytirishga intilayotgani ta’kidlangan.


 
Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchiga ega mintaqaga chiqish imkonini beruvchi strategik darvoza sifatidagi o‘rni ham qayd etilgan. Sietlning biznes hamjamiyati bilan savdo, investitsiya, logistika, texnologiyalar va energetika sohalarida hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ko‘rsatilgan.


 
Sietl meri O‘zbekiston Bosh konsulxonasi faoliyati ikki tomon o‘rtasidagi uzoq muddatli insonlararo, biznes va hukumatlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini bildirgan.


 
O‘zbekistonning Sietldagi bosh konsuli Axror Burxanov Sietl shahrining ushbu qarorini ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va kengayib borayotgan sheriklikning muhim ramzi sifatida baholagan. U qaror O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga hurmat bilan birga, O‘zbekiston va AQSHning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasi o‘rtasida shakllanayotgan yangi munosabatlarning ifodasi ekanini aytgan.


Burxanov Sietlda Bosh konsulxona ochilishi bilan ikki tomon o‘rtasidagi aloqalarni iqtisodiy, texnologik, ta’limiy va madaniy loyihalarga aylantirish maqsad qilinganini bildirgan.


 
Shuningdek, 4-sentabr kuni Sietlda O‘zbekistonning AQSH G‘arbiy sohilidagi birinchi Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlanadigan tadbirda Vashington shtati va Sietl shahri rahbariyati, diplomatik korpus, yirik AQSH kompaniyalari, akademik doiralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishi kutilgan.


 
Ma’lumot uchun, Sietl shahri Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasining yirik iqtisodiy, texnologik va savdo markazlaridan biri hisoblanadi. Katta Sietl mintaqasida 4,1 milliondan ortiq kishi yashaydi, uning iqtisodiyoti 2025-yilda qariyb 607 mlrd dollar hajmida yalpi hududiy mahsulot yaratgan.


 
Mintaqada Amazon va Starbucks bosh qarorgohlari, shuningdek, Microsoft, Costco Wholesale, T-Mobile va PACCAR kabi yirik kompaniyalar joylashgan. Boeing, Google, Meta, Expedia Group va Alaska Airlines kabi global kompaniyalar ham Katta Sietlda faoliyat yuritadi.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"