Sirdaryoda MIB orqali 2 mlrd so‘m suvdan qarzdorlik undirildi
Shu tariqa 3 365 ta ijro hujjati amalda tamomlangan.

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan suv taʼminoti korxonasi foydasiga qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan ichimlik suvidan qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq 4 845 ta jami 4 mlrd 995 mln so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan.
Ijro harakatlari natijasida 2 mlrd 53 mln so‘m qarzdorlik amalda undirilib, 3 365 ta ijro hujjati tamomlandi, 497 ta ijro hujjati bo‘yicha 696,3 mln so‘m undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.
Misol uchun, sud qaroriga asosan “Sirdaryo suv taʼminoti” korxonasi foydasiga qarzdorlar A.Shermatovdan 3,5 mln so‘m, X.Qilichevdan 2,6 mln so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro xujjatlari tamomlangan. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.







