Jahon

Urushning davom etishi mintaqa va dunyoga zarar yetkazadi — Pezeshkian

Eron prezidenti AQSHning Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.

Urushning davom etishi mintaqa va dunyoga zarar yetkazadi — Pezeshkian



Eron prezidenti Masud Pezeshkian AQSHning Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashi mamlakat, mintaqa va butun dunyo uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini taʼkidladi.



Pezeshkian bu haqda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashuvda maʼlum qildi.



Eron rahbarining qayd etishicha, mavjud muammolarni harbiy kuch yoki bosim orqali emas, muloqot va diplomatik yo‘l bilan hal qilish lozim.

“Urush Eronga majburan yuklatilgan va uning davom etishi mamlakatga, mintaqaga va dunyoga zarar yetkazadi. Aql-idrok memorandumni amalga oshirishni qayta boshlashimiz va muammolarni urush yoki kuch ko‘rsatish orqali emas, balki muloqot orqali hal qilishimiz kerakligini taqozo etadi”, — degan Pezeshkian.

 


Uning taʼkidlashicha, Tehron mojaro yoki urushni avj oldirishga intilmaydi. Pezeshkian, shuningdek, Eron va Qatar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar davom etishiga ishonch bildirgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"