Jahon

AQSHda “Qiyomat kuni” maxsus harbiy guruhi tuzildi

Bo‘linma inqirozli vaziyatlarda yuqori martabali amaldorlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladi.

AQSHda “Qiyomat kuni” maxsus harbiy guruhi tuzildi



AQSH Harbiy-havo kuchlari Vashington hududida hukumatning uzluksiz faoliyatini taʼminlashga mo‘ljallangan yangi vertolyot eskadrilyasini tashkil etdi. Bu haqda Endryus aviabazasi matbuot xizmati maʼlum qildi.



Maʼlumotlarga ko‘ra, 24-vertolyot eskadrilyasi Milliy poytaxt mintaqasida favqulodda vaziyatlarda hukumat faoliyatining uzluksizligini taʼminlash missiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.



Yangi bo‘linma global inqiroz, jumladan, yadroviy mojaro kabi favqulodda vaziyatlarda yuqori martabali hukumat amaldorlari va harbiy xizmatchilarni xavfsiz hududlarga tezkor evakuatsiya qilish vazifalarini bajaradi.



Eskadrilya zamonaviy HH-60W Jolly Green II vertolyotlari bilan jihozlanadi. Ushbu texnika bir necha o‘n yillar davomida foydalanilgan UH-1N Huey vertolyotlarini bosqichma-bosqich almashtirishi ko‘zda tutilgan.



Yangi bo‘linma Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasida joylashtiriladi. Uning tashkil etilishi AQSH hukumatining inqirozli vaziyatlarda boshqaruvning uzluksizligini taʼminlash bo‘yicha mavjud rejalarining bir qismi hisoblanadi.



AQSH Harbiy-havo kuchlari hukumatning uzluksiz faoliyatini taʼminlash bilan bog‘liq boshqa loyihalarni ham amalga oshirmoqda. Xususan, kelajakda foydalanish uchun yangi maxsus samolyotlarni yaratish bo‘yicha mablag‘ so‘ralgani haqida ham xabar berilgan.



OAV maʼlumotlariga ko‘ra, avvalroq AQSH harbiylari yuqori martabali hukumat amaldorlarini favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini ham o‘tkazgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"