Jahon

“Bunday odamlarga rahm-shafqat bo‘lmaydi” — Japarov

Qirg‘iziston prezidenti jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishga urinayotgan shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishini aytdi.

“Bunday odamlarga rahm-shafqat bo‘lmaydi” — Japarov


Sadir Japarov mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinayotgan shaxslar qattiq jazolanishini maʼlum qildi.



Davlat rahbari bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti va Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari vaqtida xavfsizlikni taʼminlashga masʼul kuch tuzilmalari faoliyatini ko‘zdan kechirish chog‘ida aytgan.


Japarov xavfsizlik idoralarini modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar ish haqini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlagan.



Prezident mamlakat xavfsizligini taʼminlash Qirg‘izistonning barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti ekanini qayd etib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini professionallik, masʼuliyat va xalqqa vijdonan xizmat qilishga chaqirgan.



“Rivojlanishning birinchi va eng muhim sharti — temir intizom”, degan Japarov.



Uning taʼkidlashicha, tashqi kuchlar taʼsirida jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishga, qasos olishga chaqirishga yoki mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishga urinayotgan shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘riladi.



“Bunday odamlarga rahm-shafqat bo‘lmaydi”, deya taʼkidlagan Qirg‘iziston prezidenti.



Japarov mamlakat kuchi xalqning birlik va hamjihatligida ekanini taʼkidlab, jamiyatdagi totuvlik barqarorlik va farovonlikning muhim omili ekanini qayd etgan.

custom img

AQSHda “Qiyomat kuni” maxsus harbiy guruhi tuzildi

Bo‘linma inqirozli vaziyatlarda yuqori martabali amaldorlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladi.

custom img

Vashingtonda Tramp siyosatiga qarshi ommaviy namoyish o‘tkazildi

Namoyish ishtirokchilari ovoz berish huquqlarini himoya qilish va fuqarolik huquqlarini cheklovchi siyosatga chek qo‘yishga chaqirgan.

custom img

“Qozog‘iston yadroviy qurolga qarshi siyosatini davom ettiradi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti yadroviy kuchlarni muzokaralarga chaqirib, yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi zarurligini taʼkidladi.

custom img

15 yoshli qiz ichagidagi igna bilan uch hafta yashadi

Qiz ro‘molini mahkamlash uchun ishlatiladigan ignani tasodifan yutib yuborgan.

custom img

Nepaldagi suv toshqinlarida bedarak yo‘qolganlar soni 1 900 nafarga yetdi

Tabiiy ofat oqibatida kamida 580 kishi halok bo‘lgan.

custom img

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak ish joyida pichoqlab o‘ldirildi

U mijoz bilan yuzaga kelgan mojaro ortidan 56 yoshli erkak tomonidan pichoqlangan.

custom img

Nepal va Xitoy chegarasidagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 600 nafarga yaqinlashdi

Minglab odamlar bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv ishlari hududdagi xavf kamayganidan so‘ng qayta boshlandi.

custom img

Rossiya qit’alararo ballistik raketaning o‘quv parvozini amalga oshirdi

Raketaning o‘quv jangovar bloklari Kamchatkadagi “Kura” poligoniga yo‘naltirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"