O'zbekiston

Halok bo‘lgan qutqaruvchining oilasi e’tiborsiz qolmadi: 3 xonali uy berildi

Yangi xonadonning kaliti xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan qutqaruvchining yaqinlariga topshirildi.

Halok bo‘lgan qutqaruvchining oilasi e’tiborsiz qolmadi: 3 xonali uy berildi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan qutqaruvchining oilasiga yangi xonadon berildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi arafasida Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikramov marhum oddiy askar Omonturdiyev Eldor Ismoil o‘g‘lining oilasiga barcha qulayliklarga ega uch xonali xonadon kalitini tantanali ravishda topshirdi.

 

Tadbirda qahramon qutqaruvchining Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilgani, uning xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

 

Qayd etilishicha, yangi xonadon marhumning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘ldi.

 

Avvalroq, Prezidentning 22-avgustdagi farmoniga muvofiq, 15-avgust kuni Toshkentning Uchtepa tumanida yong‘in vaqtida fuqarolarni qutqarish chog‘ida halok bo‘lgan FVV xodimi Boburmirzo Pardayev hamda Farg‘ona viloyatida xizmat vazifasini bajarayotganda mast haydovchi boshqaruvidagi avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX xodimi Xayitbek Karimjonov vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangandi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.