Jahon

Isroil G‘azodagi tibbiy buyumlar saqlanadigan omborga zarba berdi

G‘azo bo‘ylab qilingan hujumlar oqibatida 48 soat ichida kamida 9 kishi halok bo‘lgan.

Isroil G‘azodagi tibbiy buyumlar saqlanadigan omborga zarba berdi

Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab uyushtirgan hujumlarida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Shuningdek, Dayr al-Balah shahridagi shifoxona majmuasida tibbiy buyumlar ombori sifatida foydalanilgan chodirga berilgan zarba oqibatida uch kishi yaralangan.

 

Shanba kuni Isroil droni Al-Aqso shahidlari shifoxonasi hududidagi tibbiy buyumlar omboriga zarba bergan. Shifoxona direktori uch kishi jarohatlanganini bildirgan. Isroil harbiylari zarbani tasdiqlab, hujum vaqtida HAMAS qo‘mondoni nishonga olinganini ma’lum qilgan, biroq bu da’voni tasdiqlovchi dalil keltirmagan.

 

G‘azo shahridagi Tal al-Havo mahallasida ham Isroil droni velosipedga zarba bergan. Falastinning Wafa agentligi xabariga ko‘ra, hujumda bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan. Yana bir kishi Dayr al-Balah sharqidagi al-Musaddar qishlog‘ida Isroil askarlarining o‘q uzishi oqibatida halok bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, Isroil kvadrokopteri G‘azoning shimolidagi Kamol Advan shifoxonasi yaqiniga portlovchi moslama tashlagan.

 

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 48 soat ichida to‘qqiz nafar yangi halok bo‘lgan va vayronalar ostidan topilgan bir kishining jasadi, shuningdek, 18 nafar yarador olib kelinganini ma’lum qildi.

 

Vazirlikka ko‘ra, boshqa qurbonlar vayronalar ostida yoki tez yordam va fuqaro muhofazasi xodimlari yetib bora olmayotgan hududlarda qolib ketgan.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil oktyabrda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi “o‘t ochishni to‘xtatish” kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1313 nafar falastinlik halok bo‘lgan.

 

So‘nggi kunlarda Isroil G‘azo bo‘ylab hujumlarini kuchaytirgan. Bu hujumlar “o‘t ochishni to‘xtatish” kelishuviga qaramay davom etmoqda.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.