Jahon

Nepaldagi suv toshqinlarida bedarak yo‘qolganlar soni 1 900 nafarga yetdi

Tabiiy ofat oqibatida kamida 580 kishi halok bo‘lgan.

Nepaldagi suv toshqinlarida bedarak yo‘qolganlar soni 1 900 nafarga yetdi

 

Nepalda kuchli suv toshqinlari oqibatida bedarak yo‘qolganlar soni 1 900 nafarga yetdi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 580 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda The New York Times Nepalning tabiiy ofatlarga yordam agentligidagi manbaga tayanib xabar berdi.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar va bedarak yo‘qolganlar soni ortib bormoqda. Mutasaddilar falokat ko‘lami va uning oqibatlarini aniqlash ishlarini davom ettirmoqda.

 

Shuningdek, Xitoyning Tibet hududida ham 500 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgani, kamida 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

 

Nepal hukumati xorijiy qutqaruv mutaxassislariga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida ishtirok etishga ruxsat bergan. Cheklangan miqdordagi xorijiy mutaxassislar halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash va jasadlarni yaqinlariga topshirish jarayoniga jalb etiladi.

 

Eslatib o'tamiz, kuchli suv toshqini 26-avgust kuni Nepalning shimoliy qismida yuz bergan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga Xitoy chegarasi yaqinida yuz bergan tosh va qor ko‘chkisi sabab bo‘lgan. Suv, tosh va loy oqimi daryo bo‘ylab qariyb 70 kilometr masofaga tarqalib, aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazgan.

 

Rossiyaning Nepaldagi elchixonasi ham tabiiy ofat hududida bo‘lgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan sakkiz nafar Rossiya fuqarosi bilan aloqa uzilganini ma’lum qildi. Ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"