O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni 2,5 baravar oshdi
Xorijdan doimiy yashash uchun asosan Rossiya va Qozog‘istondan ko‘chib kelishmoqda.

2026-yilning yanvar–iyun oylarida xorijiy davlatlardan 1649 kishi O‘zbekistonga doimiy yashash maqsadida ko‘chib keldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 baravarga ko‘p.
Xorijdan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
— Rossiya — 580 nafar;
— Qozog‘iston — 362 nafar;
— Tojikiston — 147 nafar;
— boshqa davlatlar — 560 nafar.
Hududlar kesimida eng ko‘p xorijdan ko‘chib keluvchilar Toshkent shahrida qayd etilgan — 1089 nafar. Toshkent viloyatiga 269 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga esa 115 nafar kishi ko‘chib kelgan.
Qolgan hududlarda ko‘rsatkich quyidagicha:
- Navoiy — 31 nafar;
- Samarqand — 22 nafar;
- Xorazm — 21 nafar;
- Surxondaryo — 18 nafar;
- Sirdaryo — 15 nafar;
- Farg‘ona — 15 nafar;
- Buxoro — 13 nafar;
- Namangan — 13 nafar;
- Jizzax — 12 nafar;
- Andijon — 11 nafar;
- Qashqadaryo — 5 nafar.








