Jahon

“Qozog‘iston yadroviy qurolga qarshi siyosatini davom ettiradi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti yadroviy kuchlarni muzokaralarga chaqirib, yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi zarurligini taʼkidladi.

“Qozog‘iston yadroviy qurolga qarshi siyosatini davom ettiradi” — Toqayev

 

Qosim-Jomart Toqayev mamlakat yadroviy qurolga qarshi global harakatdagi yetakchi mavqeini saqlab qolishini va yadroviy kuchlar o‘rtasida muzokaralarni davom ettirish tarafdori ekanini bildirdi.

 

Bu haqda davlat rahbarining Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni munosabati bilan Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilindi.

 

Toqayev Qozog‘iston yadroviy davlatlarni muzokaralarga chaqirish, Yadroviy sinovlarni har tomonlama taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning tezroq kuchga kirishini ta’minlash hamda yadroviy qurol tahdidini kamaytirish bo‘yicha ko‘p tomonlama saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

 

Prezidentning qayd etishicha, yadro energiyasi faqat tinch va konstruktiv maqsadlarga xizmat qilishi lozim. U Qozog‘istonda o‘tkazilgan milliy referendumda xalq yadro energetikasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlagan.

 

Toqayev, shuningdek, Qozog‘iston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni taʼsis etilganini eslatib o'tgan.

 

Bundan 35 yil avval, 1991-yil 29-avgustda Semipalatinsk yadroviy poligoni yopilgan. Qozog‘iston rahbarining taʼkidlashicha, ushbu sana yadroviy sinovlarning insoniyat uchun fojiali oqibatlarini eslatib, ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ko‘rsatadi.

 

Toqayev Qozog‘istonning sobiq Sovet Ittifoqidan meros bo‘lib qolgan yirik yadroviy arsenaldan ixtiyoriy ravishda voz kechganini mamlakatning tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘lidagi tarixiy tanlovi sifatida baholagan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"