Jahon

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak ish joyida pichoqlab o‘ldirildi

U mijoz bilan yuzaga kelgan mojaro ortidan 56 yoshli erkak tomonidan pichoqlangan.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak ish joyida pichoqlab o‘ldirildi

 

Qozog‘istonning Olmaota viloyati Aktas qishlog‘ida O‘zbekiston fuqarosi ish joyida pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda KTK xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 35 yoshli erkak tandir noni sotiladigan do‘konda ishlagan. U mijoz bilan yuzaga kelgan mojaro ortidan 56 yoshli erkak tomonidan pichoqlangan. Gumondor jabrlanuvchining ko‘krak qismiga ikki marta pichoq urgan.

 

Voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, erkak olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

 

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, marhum so‘nggi besh yil davomida ushbu do‘konda ishlagan va yaxshi obro‘ga ega bo‘lgan. U juma kunlari aholiga bepul non tarqatgani ham aytilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston politsiyasi tomonidan qotillik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 56 yoshli gumondor qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. U aybini tan olgan.

custom img

15 yoshli qiz ichagidagi igna bilan uch hafta yashadi

Qiz ro‘molini mahkamlash uchun ishlatiladigan ignani tasodifan yutib yuborgan.

custom img

Nepaldagi suv toshqinlarida bedarak yo‘qolganlar soni 1 900 nafarga yetdi

Tabiiy ofat oqibatida kamida 580 kishi halok bo‘lgan.

custom img

Nepal va Xitoy chegarasidagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 600 nafarga yaqinlashdi

Minglab odamlar bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv ishlari hududdagi xavf kamayganidan so‘ng qayta boshlandi.

custom img

Rossiya qit’alararo ballistik raketaning o‘quv parvozini amalga oshirdi

Raketaning o‘quv jangovar bloklari Kamchatkadagi “Kura” poligoniga yo‘naltirilgan.

custom img

Livan janubida bir hafta ichida 1030 ta snaryad uchirildi — UNIFIL

Otishmalar oqibatida tinch aholi zarar ko‘rgani, uylar va muhim infratuzilma obyektlari shikastlangani qayd etilgan.

custom img

Sietl 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

Qaror O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan bo‘lib, shaharda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi faoliyat yuritayotgani ham hujjatda alohida qayd etilgan.

custom img

Ispaniyada 3 ming yillik xazina to'rt daqiqada o'g'irlab ketildi

O‘g‘irlangan oltin buyumlarning qiymati kamida 1,7 million yevroga baholanmoqda.

custom img

Urushning davom etishi mintaqa va dunyoga zarar yetkazadi — Pezeshkian

Eron prezidenti AQSHning Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"