O'zbekiston

Surxondaryoda ta’tildagi xodimni majburan ishga chiqargan rahbar jazolandi

Uzun tumanidagi davlat muassasasida xodim qonuniy taʼtilda bo‘lishiga qaramay, roziligisiz ishga jalb etilgani aniqlandi.

Surxondaryoda ta’tildagi xodimni majburan ishga chiqargan rahbar jazolandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida mehnat qonunchiligi buzilgani, xususan, ta’tilda bo‘lgan xodim majburiy ravishda ishga jalb etilgani va unga nisbatan tahdidli munosabat bildirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

 

O‘rganish davomida xodim qonuniy ta’til davrida uning roziligisiz mehnatga jalb etilgani, natijada majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

 

Aniqlangan qonunbuzilish yuzasidan muassasa rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnatga yo‘l qo‘yish qonunbuzilish ekanini eslatib, ish beruvchilarni xodimlarning mehnat huquqlariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

custom img

O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni 2,5 baravar oshdi

Xorijdan doimiy yashash uchun asosan Rossiya va Qozog‘istondan ko‘chib kelishmoqda.

custom img

Kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga uch yilga moratoriy joriy etildi

Moratoriy amal qiladigan davrda Biznes-ombudsman tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi.

custom img

Prezident: “Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqida xalqni birlik va hamjihatlikka chorladi.

custom img

O‘zbekiston 2027–2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

Dunyodagi 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan ushbu tuzilmaning samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari suriladi.

custom img

Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi — Prezident

Kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim, texnologiya va sog‘liqni saqlashdagi islohotlar natijalari haqida so‘z yuritdi.

custom img

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmi yiliga 40–50 milliard dollarga yetdi

Shuningdek, mamlakatda kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizgacha qisqargani ta’kidlandi.

custom img

“Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi — Shavkat Mirziyoyev

Birinchi Prezident, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"