Jahon

Tramp Oy obyektlaridan biriga o‘z nomini bermoqchi

So‘nggi vaqtlarda AQSh prezidenti geografik obyektlarni qayta nomlash tashabbuslari bilan ham chiqmoqda.

Tramp Oy obyektlaridan biriga o‘z nomini bermoqchi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Oydagi obyektlardan biriga uning nomini berish mumkinligini aytdi. U bu haqda Texasdagi kosmik markazda sun’iy yo‘ldoshdagi obyektlarni muhokama qilish chog‘ida gapirgan.

 

“Umid qilamanki, ular mening nomim bilan shunga o‘xshash narsani nomlashadi”, degan Tramp.

 

Tadbir davomida AQSh prezidenti Artemis II missiyasi qo‘mondoni, amerikalik astronavt Rid Vaysmanni kutib olgan. Tramp Oydagi kraterlardan biri Vaysmanning saraton kasalligidan vafot etgan rafiqasi Kerol sharafiga nomlanganini eslatgan.

 

AQSh prezidenti Oy insonlar xotirasini saqlab qolishi mumkinligini ta’kidlab, Oydagi biror obyektga o‘z nomining berilishini ham ma’qullashini bildirgan.

 

Tadbirda Tramp AQShda kosmik akademiya tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni ham imzolagan.

 

So‘nggi vaqtlarda AQSh prezidenti geografik obyektlarni qayta nomlash tashabbuslari bilan ham chiqmoqda. Avvalroq u Meksika ko‘rfazini “Amerika ko‘rfazi” deb atash tashabbusini ilgari surgan. Shuningdek, Kanada bilan savdo tarangligi fonida Ontario ko‘lini “Amerika ko‘li” deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

 

Tramp nomi Florida shtatidagi avtomagistral va aeroportga ham berilgan. Vashingtondagi Kennedi markazi fasadiga uning nomini qo‘shish tashabbusi esa keyinchalik sud qarori bilan bekor qilingan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"