Jahon

Vashingtonda Tramp siyosatiga qarshi ommaviy namoyish o‘tkazildi

Namoyish ishtirokchilari ovoz berish huquqlarini himoya qilish va fuqarolik huquqlarini cheklovchi siyosatga chek qo‘yishga chaqirgan.

Vashingtonda Tramp siyosatiga qarshi ommaviy namoyish o‘tkazildi



AQSH poytaxti Vashington shahrida bir necha ming kishi ishtirokida Tramp maʼmuriyati siyosatiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. TASSning xabar berishicha, tadbir National Mall hududida, Oq uy yaqinida tashkil etilgan.



“Vashingtonga yurish: 2026. Ovoz berish huquqlarini himoya qiling” nomli namoyish ishtirokchilari dastlab Avraam Linkoln yodgorligi oldida to‘plangan. Tadbir 1963 yilda Vashingtonda o‘tkazilgan Ish o‘rinlari va Ozodlik uchun yurishning 63 yilligiga bag‘ishlangan.

 

Namoyishda kasaba uyushmalari vakillari, talabalar, fuqarolik huquqlari faollari hamda turli jamoat tashkilotlari ishtirok etgan. Tadbir davomida siyosatchilar va ijtimoiy harakatlar yetakchilari so‘zga chiqqan.



Mustaqil senator Berni Sanders AQSHda siyosiy va iqtisodiy erkinliklar o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanini taʼkidlagan. U ovoz berish huquqlari, ishchilar manfaatlari, daromadlar tengsizligi va saylov kampaniyalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarga eʼtibor qaratgan.



Vakillar palatasidagi Demokratlar ozchilik yetakchisi Xakim Jeffris esa mamlakat “chorrahada” turganini aytib, Kongressning har ikki palatasida siyosiy nazoratni qayta qo‘lga kiritish zarurligini bildirgan.



Namoyishchilar, shuningdek, AQSH maʼmuriyatining ovoz berish tartiblariga oid siyosatini tanqid qilib, fuqarolik huquqlarini himoya qilishga chaqirgan. Ular “Tramp, saylovlardan qo‘lingizni torting!”, “Orzu hali amalga oshmadi!” kabi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqqan.



Tadbir davomida namoyishchilar National Mall bo‘ylab yurish qilib, fuqarolik va saylov huquqlarini himoya qilishga chaqirgan. Politsiya xavfsizlik chorasi sifatida hududdagi qator ko‘chalarni yopgan.



Namoyish ishtirokchilari AQSHda fuqarolik huquqlari, tenglik va ovoz berish imkoniyatlarini taʼminlash bo‘yicha kurash davom etayotganini taʼkidlagan.



Tadbir 1963 yilda Martin Lyuter King tomonidan Vashingtonda aytilgan mashhur “Mening orzuim bor” nutqi bilan bog‘liq tarixiy joylarda o‘tkazilgani bilan ham eʼtibor qaratgan.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"