Jahon

Xitoyda sobiq Xubey rahbari poraxo'rlikda ayblanib o‘limga hukm qilindi

U qariyb 111 mln dollar miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan.

Xitoyda sobiq Xubey rahbari poraxo'rlikda ayblanib o‘limga hukm qilindi


Xitoy sudi sobiq Xubey provinsiyasi Kommunistik partiyasi rahbari Jiang Chaoliangni korrupsiya ishi bo‘yicha ikki yillik kechiktirish bilan o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Xitoy davlat televideniyesi CCTVga tayanib Reuters xabar bermoqda.


 
Sud Jiang Chaoliangni jami 746 mln yuandan ortiq, taxminan 111 mln dollar miqdorida pora olganlikda aybdor deb topgan.


 
Jiang Chaoliang Xubey provinsiyasidagi Kommunistik partiya qo‘mitasiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u Xitoyning yirik davlat moliya institutlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U Qishloq xo‘jaligi banki raisi, Xitoy taraqqiyot banki prezidenti va Bank of Communications raisi lavozimlarini egallagan.


 
Jiang Chaoliang 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi boshlangan paytda Xubeydagi eng yuqori martabali amaldor sifatida keng e’tibor qozongan. U koronavirusning dastlabki tarqalishi davrida vaziyatni boshqarishi tanqid qilinganidan so‘ng partiyaning Xubeydagi rahbari lavozimidan chetlatilgan.


 
Ma’lumot uchun, Xitoyda ikki yillik kechiktirish bilan o‘lim jazosi odatda mahkum belgilangan muddat davomida jiddiy qonunbuzarlik sodir etmasa, jazo umrbod qamoq jazosiga almashtirilishini anglatadi.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"