O'zbekiston

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

31-avgust kuni soat 14:58:44 da Buxoro viloyatining Gazli shahri hududida zilzila qayd etildi.

 

Zilzilaning magnitudasi 3,8, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 504 kilometr janubi-g‘arbda qayd etilgan.

 

Yer silkinishi Gazli shahrida 3 ball, Peshko‘ tumanida 2 ball, Jondor tumanida esa 2 ball kuch bilan sezilgan.

 

Zilzila epitsentrining koordinatalari 40,28° shimoliy kenglik va 63,37° sharqiy uzunlikni tashkil etgan.