O'zbekiston

O‘zbekistonga Hindistondan olib kelinadigan go‘shtning halolligi nazorat qilinadi

O‘zbekiston mutaxassislari Hindistonga borib, hayvonlarni so‘yish va go‘shtni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etadi.

O‘zbekistonga Hindistondan olib kelinadigan go‘shtning halolligi nazorat qilinadi

O‘zbekiston Hindistondan go‘sht importini kengaytirish va bu yo‘nalishda qo‘shma korxonalar faoliyatini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

 

Vazirning aytishicha, Hindistondagi nisbatan arzon go‘shtni O‘zbekiston bozoriga olib kirish uchun qo‘shma korxonalar tashkil etilgan va yangi kelishuvlarga erishilgan.

 

Go‘sht mahsulotlarining halolligi va xavfsizligini ta’minlash uchun O‘zbekiston mutaxassislari Hindistonga borib, hayvonlarni so‘yish va go‘shtni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etadi. Go‘sht tegishli xalqaro va halol sertifikatlar bilan ta’minlangach, O‘zbekistonga eksport qilinadi.

 

Logistika masalasida Turkiya orqali, xususan, Mersin portidan foydalanish bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo aylanmasi so‘nggi yillarda uch barobardan ko‘proq oshgani qayd etildi.

 

Ayni paytda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan 30 dan ortiq turdagi mahsulotni Hindiston bozoriga eksport qilish imkoniyati mavjud.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"