O'zbekiston

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

31-avgust kuni Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga qarashli rekonstruksiya qilinayotgan bino hududida yong‘in sodir bo‘ldi.

 

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 14:48 da bino hovlisidagi elektr qutisi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:52 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 14:57 da to‘liq bartaraf etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Yong‘in natijasida elektr qutisi va uning atrofidagi konditsionerlar zararlangan.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"