O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

 

 

U O‘zbekiston Mustaqilligi kuni so‘nggi yillarda tubdan yangilanib, dadil ilgarilayotgan mamlakatning ulug‘ ayyomi ekanini ta’kidladi.

 

«Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida kelgusi o‘n yillikni “Milliy yuksalish davri” deb e’lon qildilar», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

 

 

Uning qayd etishicha, oldinda keng ko‘lamli milliy dasturlarni amalga oshirish va muhim vazifalarni hal etish turibdi. Jumladan, bilim va ko‘nikmalarni amaliy kapitalga aylantirish, aholi salomatligi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni asrash, qonun ustuvorligini to‘liq kafolatlash, mahalla institutini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish shular jumlasidandir.

 

 

«Bayraming muborak bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» — deya tabrikni yakunladi Saida Mirziyoyeva.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.