Jahon

Eron Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy pozitsiyalariga javob zarbasini berdi

Hujumlar raketalar va dronlar yordamida amalga oshirilgan.

Eron Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy pozitsiyalariga javob zarbasini berdi



Eron Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy pozitsiyalariga qarshi javob zarbalarini amalga oshirdi. Bu haqda “Fars” axborot agentligi Telegram kanalida maʼlum qildi.



Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, hujumlar raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan.



Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi AQSHning mamlakat janubidagi Siston va Balujiston hamda Hormozgon viloyatlaridagi nishonlarga bergan zarbalariga javoban Eron Qurolli Kuchlari AQSHga qarshi javob choralarini ko‘rayotganini bildirgan.



Avvalroq AQSH harbiylari Eronning janubiy hududlaridagi nishonlarga, jumladan, Hormuz bo‘g‘ozi hududidagi obyektlarga zarbalar bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, AQSH kuchlari Larak orolidagi Eron raketa uchirish qurilmalariga hujum qilgani maʼlum qilingan.



AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ham Erondagi qator nishonlarga zarbalar berilganini bildirgan. Eronning janubiy qirg‘oqlari, jumladan, Qeshm oroli va ayrim qirg‘oqbo‘yi hududlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan.



AQSH prezidenti Donald Tramp avvalroq Amerika nishonlariga qarshi yangi hujumlar uyushtirilgan taqdirda Eronga qarshi keskin choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"