O'zbekiston

Harakatlanayotgan ikki avtomobil ustiga daraxt qulab tushdi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Harakatlanayotgan ikki avtomobil ustiga daraxt qulab tushdi

 

Joriy yilning 2-sentabr kuni soat 05:32 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Shahrisabz” MFY, Maxtumquli ko‘chasi 1-uy qarshisida daraxt sinib, harakatlanayotgan ikki avtomobil ustiga qulab tushdi. Bu haqda Toshkent shahar FVBB xabar berdi.

 

Hodisa joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari hamda tegishli hamkorlikdagi xizmatlar jalb etilgan.

 

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yo‘ldagi to‘siqlar bartaraf etilib, transport vositalarining harakati qayta tiklangan.

 

Hodisa oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan.

custom img

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

Ular uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

custom img

O‘zbekistonda 2050-yilga borib tug‘ilishlar soni 1,2 milliondan oshishi mumkin

2050-yilga kelib mamlakatda bir yil davomida dunyoga keladigan bolalar soni 2025-yilga nisbatan 40 foizdan ko‘proqqa oshishi prognoz qilingan.

custom img

Andijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, 6 nafar tarbiyachi va 1 nafar hamshira ishdan bo‘shatildi.

custom img

O‘zbekistonda 1,4 mln tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, utilizatsiya qilindi

“Dolzarb 40 kunlik” tozalik tadbirlari doirasida hududlardan kuniga 30–40 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

custom img

Istanbulda adashib masjidga kelib qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga topshirildi

Masjid imomi xabar bergach, diplomatlar voyaga yetmagan bolani konsulxonaga olib kelib, uning yaqin qarindoshlari bilan bog‘langan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari yangi o‘quv yili ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishiga umid bildirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi. Tashrif doirasida ShHT sammiti, “ShHT plyus” uchrashuvi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

Ziroat Mirziyoyeva Bishkekdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

SHHT sammiti doirasida qirg‘iz xalqining san’ati va an’analari namoyish etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"