Jahon

"Rossiya osmoni butunlay xavfli bo‘lib bormoqda" — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya havo hududidan foydalanayotgan aviakompaniyalarni dron hujumlari sabab xavf kuchayayotganidan ogohlantirdi.

"Rossiya osmoni butunlay xavfli bo‘lib bormoqda" — Zelenskiy



Vladimir Zelenskiy Rossiya havo hududidan foydalanayotgan aviakompaniyalar, sug‘urta kompaniyalari va xorijiy davlatlarni parvozlar xavfsizligi bilan bog‘liq xatarlar kuchayayotganidan ogohlantirdi.



Zelenskiy 1 sentyabr kuni kechki videomurojaatida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urush oqibatlari mamlakat hududidan tashqariga ham taʼsir qilayotganini taʼkidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning uzoq masofali dron operatsiyalari kengayib borishi sabab Rossiya havo hududidan foydalanish tobora xavfli tus olmoqda.



“Rossiya havo hududi amalda yopiladi; Rossiya boshlagan urush uning osmonini yopmoqda”, — degan Ukraina prezidenti.



Zelenskiy Ukraina fuqarolik aviatsiyasiga tahdid solmasligini, biroq Rossiya havo hududida dronlar soni va ko‘lamini hisobga olish zarurligini bildirgan. U Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa yirik shaharlardagi aeroportlariga parvozlarni amalga oshirayotgan aviakompaniyalarni vaziyatga jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirgan.



Ukraina prezidenti, shuningdek, Rossiya osmonida “xavfsiz davrlar tugaganini” taʼkidlab, mamlakatdagi va Moskvadagi xorijiy diplomatik vakolatxonalarni ushbu maʼlumotni o‘z hukumatlariga yetkazishga chaqirgan.



Uning maʼlum qilishicha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli idoralar Rossiya havo hududidagi xavflar bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga maʼlumot taqdim etadi.



Zelenskiy Ukraina uzoq masofali dronlar yordamida Rossiyaning harbiy infratuzilmasi va urushni qo‘llab-quvvatlayotgan obyektlariga zarbalar berish siyosatini davom ettirishini bildirgan.



Ukraina havo hududi esa Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlangan 2022 yil 24 fevralidan buyon fuqarolik aviatsiyasi uchun yopiq.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"