Jahon

Rossiyada mehnat migrantlari uchun tibbiy ko‘rik qoidalari kuchaytirildi

Endi 30 kundan ortiq qoluvchilar har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

Rossiyada mehnat migrantlari uchun tibbiy ko‘rik qoidalari kuchaytirildi



Rossiyada 1 sentyabrdan boshlab mehnat migrantlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibiga oid yangi talablar kuchga kirdi.



TASS maʼlumotiga ko‘ra, avval Rossiyaga kirgan migrantlar xavfli yuqumli kasalliklar, OIV infeksiyasi va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish holatini aniqlash maqsadida 90 kun ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi. Endilikda ushbu muddat 30 kungacha qisqartirildi.



Shuningdek, Rossiyaga 30 kundan ortiq muddatga kelgan migrantlar har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Tekshiruv bilan bog‘liq xarajatlar migrantning o‘zi yoki ish beruvchi tomonidan qoplanadi.



Yangi tartibga ko‘ra, migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda vositachilar ishtirokiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tekshiruvlar faqat vakolatli tibbiyot tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.



Tibbiy ko‘rik vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish, shuningdek, patentni uzaytirish uchun ham majburiy talab hisoblanadi.



Tekshiruv yakunlari bo‘yicha tibbiy xulosa, jumladan, elektron shaklda rasmiylashtiriladi va tegishli maʼlumotlar Yagona davlat sog‘liqni saqlash axborot tizimiga kiritiladi.



Agar migrantda xavfli yuqumli kasallik, OIV infeksiyasi yoki giyohvand moddalarni isteʼmol qilish holati aniqlansa, tibbiyot tashkilotlari bu haqda 24 soat ichida Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Rospotrebnadzorga xabar berishi lozim.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"