O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

2-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

 

Marosimda Islom Karimovning mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, milliy davlatchilikni tiklash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.

 

Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.

 

Tadbirda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar vakillari, ziyolilar hamda Toshkent shahri jamoatchiligi ishtirok etib, Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.

 

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"