Jahon

Turkiya aviakompaniyalari Moskvaga ayrim reyslarni vaqtincha bekor qildi

Bunga Vnukovo aeroportidagi vaqtinchalik cheklovlar sabab bo‘lgan.

Turkiya aviakompaniyalari Moskvaga ayrim reyslarni vaqtincha bekor qildi



Moskvadagi Vnukovo aeroporti havo hududiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab Turkiyaning Pegasus Airlines va Turkish Airlines aviakompaniyalari Moskvaga va Moskvadan amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator reyslarni bekor qildi.



Maʼlumotlarga ko‘ra, cheklovlar Moskva vaqti bilan soat 02:45 dan 05:56 gacha amal qilgan. Shu sababli Antaliya, Izmir, Istanbul, Bodrum va Dalaman aeroportlaridan Moskvaga yo‘l olgan ayrim samolyotlar parvozni davom ettira olmay, jo‘nash aeroportlariga qaytgan.



Natijada Pegasus Airlines‘ning Moskvadan Turkiyaning bir qator kurort shaharlariga amalga oshirilishi rejalashtirilgan reyslari ham bekor qilingan. Turkish Airlines ham Istanbul–Moskva yo‘nalishidagi ikki reysni bekor qilgan.



Yo‘lovchilarga parvozlar qayta rejalashtirilishi haqida maʼlum qilingan. Muqobil reyslar bo‘yicha maʼlumotlar keyinroq taqdim etilishi bildirilgan.



Ayrim yo‘lovchilar esa safarlarini davom ettirish maqsadida boshqa reyslarga chipta olgan. Ular qo‘shimcha xarajatlar, jumladan, mehmonxonada tunash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash masalasini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"