O'zbekiston

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

Ular uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi



Toshkent shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali noqonuniy ravishda rasmiylashtirib berish evaziga 31 200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda DXX xabar berdi.



Tezkor tadbir davomida mazkur shaxs olingan pulning 4 200 dollarini o‘zida olib qolishi, 27 ming dollarini esa poytaxtda yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaroga berishi kerakligi aniqlangan.



Shundan so‘ng davom ettirilgan tezkor tadbir davomida ikkinchi shaxs ham 27 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.



Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"