Jahon

“Yolg‘on gapirish ayrim eronliklar uchun dinining bir qismi” – AQSh Vakillar palatasi spikeri

Spiker Trampning Eronga qarshi urush boshlash qarorini himoya qilib, Tehron bilan muzokaralarda ishonch yo‘qligini aytdi.

“Yolg‘on gapirish ayrim eronliklar uchun dinining bir qismi” – AQSh Vakillar palatasi spikeri


 
AQSH Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson jurnalistlar bilan suhbatda Donald Tramp ma’muriyatining Eronga nisbatan siyosati va fevral oyida boshlangan urush haqida gapirgan. U AQSH prezidenti vaziyatni “barqaror qo‘llarda” boshqarayotganini aytgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.


 
Spiker AQSHning Eron bilan muzokaralardagi asosiy muammolaridan biri sifatida Tehronga ishonib bo‘lmasligini ko‘rsatgan.


 
“Muammo shundaki, eronliklarga shunchaki ishonib bo‘lmaydi. Ular muzokara stoliga o‘tirib, bir narsani aytishadi, keyin esa ketib, buning aksini qilishadi”, degan Jonson.


 
Shundan so‘ng u ayrim eronliklarning diniy qarashlari haqida gapirgan. “Ular bizni Buyuk Shayton deb bilishadi va ularning noto‘g‘ri diniy qarashlarida bizni yo‘q qilish istagi bor. Ularni murosaga keltirishning iloji yo‘q”, degan spiker.


 
Jonson, shuningdek, Eron rejimi AQSH prezidentlarining oldingi siyosatiga zid ravishda yadroviy qurol yaratish imkoniyatlarini izlab kelganini aytgan va bu orqali Tehronning “mafkurasi va aqidaparastligini oxirigacha yetkazish”ga intilayotganini bildirgan.


 
Spiker yana Eronga qarshi urushni zarur chora sifatida himoya qilgan. Tramp ma’muriyati va uning ittifoqchilari harbiy amaliyotlarni Tehron tomonidan yuzaga kelgan “yaqinlashib kelayotgan” yadroviy tahdidni bartaraf etish zarurati bilan izohlab kelgan.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"