O'zbekiston

Zafarabod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi

“MAZ” rusumli yuk mashinasi chapga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan hokim boshqaruvidagi “KIA Seltos” bilan to‘qnashgan.

Zafarabod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi



Joriy yilning 30 avgust kuni soat 07:45 larda Jizzax viloyati Zafarabod tumani Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi 25V-037 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.



Tuman hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, “MAZ” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib kelayotgan B. Mo‘minov chap tomonga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Zafarabod tumani hokimi G‘. Eshpo‘latov boshqaruvidagi «KIA Seltos» rusumli xizmat avtomobilining harakatlanish yo‘liga chiqib ketgan.



Natijada transport vositalari to‘qnashgan.



YTH oqibatida Zafarabod tumani hokimi G‘. Eshpo‘latov hamda avtomobilda yo‘lovchi bo‘lgan uning voyaga yetmagan o‘g‘li Sh. Eshpo‘latov turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.



“MAZ” haydovchisi B. Mo‘minov tan jarohati olmagan.



Mazkur holat yuzasidan 30 avgust kuni Zafarabod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"