O'zbekiston

Barcha mahallalarda ishiga noloyiq hokim yordamchilari yangilanadi

8 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkaziladi.

Barcha mahallalarda ishiga noloyiq hokim yordamchilari yangilanadi

 

Kredit tarixida kechikishlari bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m hamda uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.

 

Endilikda tuman shtablari subsidiya yoki foizsiz ssuda ajratish masalasini ham mustaqil hal qiladi. Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.

 

Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltiriladi. Bunda ajratilgan mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Shuningdek, kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechiladi. Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlarning salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.

 

Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi. Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi.

 

Fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanadi, o‘z vazifasini lozim darajada bajara olmayotgan xodimlar esa yangilanadi.

custom img

Sentabr-dekabr oylarida 350 ming odam doimiy ish bilan ta’minlanadi

Hokimlarga yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi yuklatildi.

custom img

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ehtiyojmand aholini ijtimoiy reyestrga kiritishda daromad bilan birga nogironlik, ko‘p bolalilik, surunkali kasallik va boshqa omillarni hisobga oluvchi yangi tizim joriy etiladi.

custom img

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi kreditlarini boshqarish vakolati tuman shtablariga beriladi

Mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yetarli emasligi tanqid qilindi.

custom img

Hokimlar haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi

Har bir viloyat va tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha shtablar tuziladi.

custom img

Xorazmda 81 ming nafar kambag‘al aholining holati o‘rganildi

Xorazmdagi kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi aniqlanib, ular uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.

custom img

Hududlarda kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi bor

Prezident ayrim hudud rahbarlarining mavjud resurslardan samarali foydalanib, aholini ish bilan ta’minlashda yetarli natija ko‘rsata olmayotganini tanqid qildi.

custom img

Kambag‘allikni qisqartirishda mas’ul rahbarlarning faoliyati tanqid qilindi

Prezident kambag‘allikni qisqartirishda ajratilgan kreditlardan samarali foydalanish va quyi tizim ishiga aniq ko‘rsatmalar berish zarurligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholi soni 1,5 million nafargacha qisqardi

49 ta tuman va 3 429 ta mahalla kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"