Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi
Uning o‘rniga Muxsinxo‘ja Abdurahmonov agentlik direktori etib tayinlandi

Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi tegishli qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Shuningdek, Behzod Anvarovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.








