O'zbekiston

Glinka ko‘chasida asfalt o‘pirildi

Hodisa sabablari o‘rganilib, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Glinka ko‘chasida asfalt o‘pirildi



Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida yer osti quvurining yorilishi oqibatida yo‘l qoplamasining bir qismi shikastlandi. Hodisa natijasida ayrim transport vositalariga zarar yetgan.



Voqea joyiga “Veolia Energy”ning avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislari zudlik bilan yetib borib, zarur choralarni ko‘rishni boshlagan.



Ayni paytda hodisaning kelib chiqish sabablari va o‘pirilish tafsilotlari tegishli mutasaddi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda. Shuningdek, hodisa oqibatlarini bartaraf etish va shikastlangan yo‘l qismini tiklash ishlari olib borilmoqda.



Mazkur holat hokimlik tomonidan alohida nazoratga olingan. Jalb etilgan xizmatlar faoliyati muvofiqlashtirilib, hududda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni kamaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.



Hozirda Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Haydovchilardan yo‘nalishlarini rejalashtirishda mazkur cheklovni inobatga olish so‘ralmoqda.



Tekshirilgan, tasdiqlangan maʼlumotlar asosida vaziyat hamda olib borilayotgan ishlar haqida qo‘shimcha axborot berib boriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"