O'zbekiston

G‘oliblar 15 million so‘mgacha mukofot bilan taqdirlanadi

Toshkentda o‘tkaziladigan “Tashkent International Half Marathon – 2026” yarim marafonida g‘oliblar 1 million so‘mdan 15 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

G‘oliblar 15 million so‘mgacha mukofot bilan taqdirlanadi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro sport tadbiri bo‘lib o‘tadi.

 

Musobaqa doirasida ishtirokchilar 21,0975 kilometr masofadagi yarim marafon hamda 5 kilometr masofadagi ommaviy yugurishda qatnashishi mumkin.

 

Ishtirokchilar uchun start paketida start raqami, elektron chip, rasmiy futbolka, finisher medali, trassadagi suv va oziq-ovqat, shuningdek, elektron sertifikat va natija taqdim etiladi.

 

Ishtirok etish narxi 300 ming so‘m etib belgilangan. 5 kilometr masofaga qatnashuvchilar uchun maxsus aksiya ham mavjud bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish narxi 10 ming so‘mni tashkil etadi. Ishtirokchi masofani bosib o‘tib, finishga yetib kelganidan so‘ng 100 ming so‘mi qaytarib beriladi.

 

Start paketlari 5-sentabr kuni Tashkent City Parkda soat 10:00 dan 20:00 gacha beriladi.

 

6-sentabr kuni Tashkent City Parkda soat 05:00 da start shaharchasi ochiladi. 5 kilometr masofaga start 06:00 da, yarim marafonga start esa 06:30 da beriladi. Taqdirlash marosimi 10:00 ga rejalashtirilgan.

 

Yarim marafonda erkaklar va ayollar o‘rtasida alohida g‘oliblar aniqlanadi. 1-o‘rin uchun 15 million, 2-o‘rin uchun 12 million, 3-o‘rin uchun 10 million so‘m, 4-o‘rin uchun 6 million, 5-o‘rin uchun 4 million va 6-o‘rin uchun 3 million so‘mdan mukofot beriladi.

 

5 kilometr masofada esa 1-o‘rin sohiblariga 3 million, 2-o‘rin uchun 2 million va 3-o‘rin uchun 1 million so‘mdan sovrin topshiriladi. Bu yo‘nalishda ham erkaklar va ayollar alohida taqdirlanadi.

 

Musobaqani tomosha qilish uchun muxlislar uchun kirish bepul.

 

Ishtirok etish uchun ProRun.uz sayti yoki @prorunuzbot orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"