Jahon

Har beshinchi bola internetda jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaga uchragan — UNICEF

Bolalar huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti 21 mamlakatdagi tadqiqot asosida bir yil davomida 12–17 yoshli qariyb 20 million bola internet orqali jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaning kamida bir turiga duch kelganini maʼlum qildi.

Har beshinchi bola internetda jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaga uchragan — UNICEF



UNICEF hisobotiga ko‘ra, o‘rganilgan mamlakatlarda 12–17 yoshli internet foydalanuvchi bolalarning qariyb har beshinchisi texnologiyalar orqali jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaga uchragan. Tadqiqot 2020–2025 yillarda 21 mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovlar va qariyb 21 ming nafar bola haqidagi maʼlumotlarga asoslangan.



Hisobotda 15 milliondan ortiq bola istalmagan jinsiy mazmundagi kontentga duch kelgani, qariyb 9 million bola esa o‘z xohishiga qarshi jinsiy suhbatlarga kirishishga yoki jinsiy tasvirlarni yuborishga majburlangani qayd etilgan. Yana 4 million bolaning jinsiy tasvirlari roziligisiz tarqatilgan.



Bunday holatlarning qariyb 60 foizi ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘lgan. Eng ko‘p tilga olingan platformalar orasida Facebook, WhatsApp, Instagram, Snapchat va TikTok bor. Holatlarning yana 14 foizi onlayn o‘yinlar bilan bog‘liq bo‘lgan.



Tadqiqot sunʼiy intellekt bilan bog‘liq yangi xavfni ham ko‘rsatgan. Maʼlumot to‘plangan to‘qqiz mamlakatda taxminan 1,1 million bola o‘zining tasviri asosida sunʼiy intellekt yordamida jinsiy mazmundagi soxta rasm yoki videolar yaratilganini bildirgan.



Muammo ko‘lamini aniqlashni qiyinlashtirayotgan omillardan biri jabrlanganlarning juda kam qismi yordam so‘raganidir. Tadqiqotga ko‘ra, holatlarning 1 foizidan ham kami politsiya, ijtimoiy xodim yoki ishonch telefonlariga xabar qilingan. UNICEF hukumatlar va texnologik kompaniyalarni bolalarni himoya qilish choralarini kuchaytirish, qonunchilikni sunʼiy intellekt orqali yaratiladigan jinsiy kontent kabi yangi tahdidlarga moslashtirish va xabar berish tizimlarini yaxshilashga chaqirgan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"