O'zbekiston

Hindiston fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi soddalashtirildi

Unga ko‘ra, ayrim davlatlarning amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lgan hindistonliklar O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘lishi mumkin.

Hindiston fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi soddalashtirildi


Prezidentning 2026-yil 29-avgustdagi PF–180-son farmoni bilan xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonga kirish tartibini soddalashtirish belgilangan.


 
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan Hindiston fuqarolari Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Janubiy Koreya, Shengen hududiga kiruvchi davlatlar, Yangi Zelandiya yoki Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lsa, O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin.


 
Buning uchun fuqaro o‘z mamlakatiga yoki uchinchi davlatga uchish uchun aviabiletini taqdim etishi kerak.


 
Yangi tartibga ko‘ra, vizasiz rejim xorijiy viza amal qiladigan davr mobaynida O‘zbekistonga kirgan kundan boshlab 30 kungacha amal qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"