O'zbekiston

Hokimlar haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi

Har bir viloyat va tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha shtablar tuziladi.

Hokimlar haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Xorazm misolida o‘tkazilgan tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

 

Yangi tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.

 

Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi. Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablar faoliyatiga jalb etilib, joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

 

Viloyat, tuman va shahar hokimlari iqtisodiy kompleks bilan birgalikda haftada uch kun faqat kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"