O'zbekiston

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ehtiyojmand aholini ijtimoiy reyestrga kiritishda daromad bilan birga nogironlik, ko‘p bolalilik, surunkali kasallik va boshqa omillarni hisobga oluvchi yangi tizim joriy etiladi.

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi



Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha yangi yondashuvlar belgilandi.



Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “Ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Bunda fuqarolarning daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni hisobga oluvchi ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.



Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etayotgani qayd etildi.



Shu munosabat bilan bola parvarishi bilan band ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qilishga qaratilgan tizim yo‘lga qo‘yiladi. Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.



Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yilda 300 milliard so‘m ajratilgan. Ushbu yordamdan foydalangan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi. Mazkur tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini bir hafta muddatda kiritish topshirildi.



Kelasi yildan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajatlari vaucher orqali qoplab beriladi.



Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila “Ijtimoiy reyestr”dan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.

custom img

Sentabr-dekabr oylarida 350 ming odam doimiy ish bilan ta’minlanadi

Hokimlarga yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi yuklatildi.

custom img

Barcha mahallalarda ishiga noloyiq hokim yordamchilari yangilanadi

8 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkaziladi.

custom img

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi kreditlarini boshqarish vakolati tuman shtablariga beriladi

Mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yetarli emasligi tanqid qilindi.

custom img

Hokimlar haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi

Har bir viloyat va tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha shtablar tuziladi.

custom img

Xorazmda 81 ming nafar kambag‘al aholining holati o‘rganildi

Xorazmdagi kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi aniqlanib, ular uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.

custom img

Hududlarda kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi bor

Prezident ayrim hudud rahbarlarining mavjud resurslardan samarali foydalanib, aholini ish bilan ta’minlashda yetarli natija ko‘rsata olmayotganini tanqid qildi.

custom img

Kambag‘allikni qisqartirishda mas’ul rahbarlarning faoliyati tanqid qilindi

Prezident kambag‘allikni qisqartirishda ajratilgan kreditlardan samarali foydalanish va quyi tizim ishiga aniq ko‘rsatmalar berish zarurligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholi soni 1,5 million nafargacha qisqardi

49 ta tuman va 3 429 ta mahalla kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"