Jahon

Istanbulda ombor yondi: quyuq tutun shahar osmonini qopladi

Istanbulning Tuzla tumanidagi charm sanoati majmuasida joylashgan logistika omborida yong‘in chiqdi. Yong‘in qisqa vaqt ichida kuchayib, atrofdagi hududlarga ham tarqalgan.

Istanbulda ombor yondi: quyuq tutun shahar osmonini qopladi

Yong‘in bugun ertalab, taxminan soat 10:30 da noma’lum sabab bilan boshlangan. Qisqa vaqt ichida kuchaygan alanga omborni to‘liq qamrab olgan. Omborda kimyoviy moddalar hamda avtomobil ehtiyot qismlari saqlangani xabar qilindi.

 

Yong‘in natijasida osmonni quyuq qora tutun qoplagan. Tutun Istanbulning bir qator hududlaridan ham ko‘ringan. Omborda kimyoviy moddalar bo‘lgani sababli yong‘in vaqtida bir necha marta kichik portlashlarga o‘xshash ovozlar eshitilgan.

 

Kuchli shamol ham vaziyatni murakkablashtirgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, hududda shamol tezligi soatiga 40–50 kilometrga yetgan. Shu sababli alanga ombor yonidagi yog‘och materiallar saqlanadigan omborga, boshqa bir ishlab chiqarish korxonasiga va daraxtzor hududga ham o‘tgan.

 

Xabar olinishi bilan voqea joyiga politsiya, tibbiy yordam xodimlari va 10 ta tumandan ko‘plab yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. O‘t o‘chirish ishlarida maxsus texnika, ko‘pik va suv minoralaridan foydalanilgan. Politsiya esa hududga olib boruvchi ayrim yo‘llarni yopib, xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

 

Alanga aholi yashaydigan hududlarga yaqinlashgani sababli atrofdagi ayrim binolarda bo‘lgan fuqarolar xavfsizlik nuqtayi nazaridan vaqtincha evakuatsiya qilingan. Keyinchalik yong‘inning asosiy qismi nazoratga olingach, xavf ham kamaygan.

 

Qutqaruvchilarning taxminan uch yarim soatlik sa’y-harakatlaridan so‘ng yong‘in nazoratga olinib, to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Yong‘in natijasida logistika ombori jiddiy zarar ko‘rgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelgan. Hozirda hududda sovitish ishlari olib borilmoqda.

 

Yong‘inning kelib chiqish sababi hozircha aniq emas. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.